O‘zbekiston va Singapur o‘rtasida 8 ta hujjat almashildi

Jamiyat

image

Bugun, 17 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat o‘rtasida 8 ta hujjat almashildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi.

Avval xabar berganimizdek, Shavkat Mirziyoyev va Singapur Prezidenti Halima Yaqub hamda Bosh vaziri Li Syan Lun bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralardan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni almashish marosimi o‘tkazildi.

Delegatsiyalar rahbarlari huzurida ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida O‘zbekiston-Singapur hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 8 ta hujjat almashildi.

Xususan, ta’lim, transport, sog‘liqni saqlash, kadrlar, shu jumladan, davlat xizmatchilarini tayyorlash sohalarida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar qabul qilindi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy sheriklik hamda ikki mamlakat prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing