O‘zbekiston va Saudiya qariyb $12 mlrdlik bitimlar imzoladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni Podshohligi o‘rtasida umumiy qiymati 45 milliard rial (taxminan 11,99 milliard dollar) bo‘lgan 10 ta sarmoyaviy bitim imzolandi.

Bu O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoni Podshohligiga davlat tashrifi doirasida amalga oshirilgan. 

Prezident Matbuot xizmati xabariga ko‘ra, O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashining yig‘ilishida energetika, kimyo, elektrotexnika, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, axborot texnologiyalari va transport sohalarida umumiy qiymati 14 milliard dollardan ortiq bo‘lgan kelishuv va shartnomalar imzolangan.

Ikki mamlakat hukumatlari va vazirliklari o‘rtasida energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari kabi sohalarda hamkorlikka doir 15 ta hujjat qabul qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

253

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing