Abdulla Aripov Mixail Mishustin bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 22 iyun kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari ishtirokida qo‘shma komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ikki davlat delegatsiyasi Bosh vazirlari Mixail Mishustin va Abdulla Aripov ma’lum qildi.

Yig‘ilishda Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga chaqirdi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” nashri xabar bermoqda.

“Rossiya mamlakatlar hamkorligini yanada yuqori darajaga ko‘tarish, uni istiqbolli qo‘shma loyihalar va tashabbuslar bilan to‘ldirishdan manfaatdor. Shuningdek, bugungi kunda mavjud bo‘lgan muammolarga qarshi kurashish, eng avvalo, koronavirus pandemiyasi bilan kurashish”, deya ta’kidladi Mishustin.

Ma’lum qilinishicha, o‘tgan yil davomida kasallik tarqalishiga qaramay, tomonlar savdo aylanmasini 15 foizga oshirib, uni 6 milliard dollarga yetkazishdi.

"Bizda barcha sohalarda hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlar mavjud", deydi ishonch bilan Mishustin.

Hozirda tomonlar yuqori texnologiyalar, avtomobilsozlik, energetika, farmatsevtika sohalaridagi istiqbolli loyihalarni muhokama qilmoqda.

Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya O‘zbekiston bilan ko‘plab sohalarda amaliy tajriba almashishga tayyor. Soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Bizning umumiy maqsadimiz - O‘zbekiston soliq xizmati organlarining ishini yanada zamonaviy va samarali qilishga, ilg‘or dasturiy mahsulotlar va texnologiyalarni tatbiq etishga yordam berishdir”, deydi RF Hukumat rahbari.

Rossiya va O‘zbekiston ko‘p tomonlama faol hamkorlik qilmoqda. Mishustinning so‘zlariga ko‘ra, Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqidagi kuzatuvchi maqomi Toshkentga assotsiatsiya ishi bilan, qarorlarni tayyorlash va qabul qilish tartibi bilan batafsil tanishish imkonini beradi.

“Ishonchim komilki Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqida  to‘liq ishtirok etish O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlar va O‘zbekiston fuqarolari uchun moddiy imtiyozlar beradi”, deya ta’kidladi Mishustin.

Avvalroq, O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Hukumatlararo komissiya yig‘ilishida ishtirok etish uchun Rossiyaga borishi haqida xabar bergan elik.

Diyora Abdurahmonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing