O‘zbekiston va Rossiya maxsus kuchlari qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazadi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasidagi Sayana tog‘larida RF Markaziy harbiy okrugi va O‘zbekiston maxsus topshiriqlar bo‘linmasining (spetsnaz) qo‘shma mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Bu haqda “Rossiyskaya gazeta” xabar berdi.

Mashg‘ulot doirasida tog‘larda keng taktik tayyorgarlik dasturi bo‘lib o‘tadi. Shunday qilib, mashqlarning birinchi bosqichida ikki mamlakat razvedka guruhlari maxsus jihozlardan foydalangan holda tog‘li o‘rmonli qiyin yo‘lni bosib o‘tadi.

Harbiy xizmatchilar, shuningdek, shartli noqonuniy tuzilmaning tayanch lagerini olib qo‘yishni mashq qilib, qidiruv va razvedka harakatlarini olib boradi. Maxsus bo‘linma askarlari asirlarni ozod qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va yaradorlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha ham mashq qiladi.

Ushbu mashqlarda razvedkaning texnik vositalari, jumladan har xil modifikatsiyadagi lazer moslamalaridan foydalanish texnikasiga alohida e’tibor qaratiladi. Ammo mashg‘ulotni o‘tkazish vaqti bo‘yicha hozircha aniq ma’lumot berilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

272

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing