O‘zbekiston va Rossiya hududlari $8,9 milliardlik qo‘shma loyihalarni kelishib oldi

Jamiyat

image

Ikkinchi O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi va unga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari doirasida umumiy qiymati 8,9 milliard AQSH dollarilik shartnomalar tuzildi. Bu haqda Rossiya Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov forum yakunlari bo‘yicha jurnalistlarga ma’lum qildi.

“Faqat so‘nggi kunlarda forum doirasida 3,6 milliard dollarlik moliyalashtirish bilan 28 ta shartnoma imzolandi. 113 dan ortiq loyiha muhokama qilinmoqda, memorandumlar mavjud, yondashuvlar mavjud, ammo muzokaralar davom etmoqda, oraliq hujjatlar mavjud – bu yana qariyb 3,7 milliard dollar. Shuningdek, so‘nggi bir yarim oy davomida forumga tayyorgarlik ko‘rish va qizg‘in ikki tomonlama tashriflar doirasida 1,6 milliard dollarlik 450 ta savdo va eksport shartnomalari imzolandi – salkam 9 milliard dollarlik”, deydi Reshetnikov.

Vazirning ta’kidlashicha, tuzilgan shartnomalar bir martalik emas, balki Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston hududlari darajasida “o‘rnatilgan hamkorlik tizimi”ni ifodalaydi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Rossiya vazirining pozitsiyasiga qo‘shildi va forum doirasidagi butun loyiha siklining “sanoat va tizimli” xususiyatini qayd etdi. 

“Bizda allaqachon qo‘shma loyiha ofisimiz mavjud bo‘lib, loyiha g‘oyasidan uni amalga oshirishgacha [loyihaga hamrohlik qiladi]”, deydi Umurzoqov.

Shuningdek, u joriy yil oxirigacha O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 6 milliard dollardan oshishi mumkinligini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, forum doirasida Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari Maksim Reshetnikov 2021 yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash yillik hisobda 4,5 milliard dollarga etgani, 2020 yil yakuniga ko‘ra tovar aylanmasi 5,9 milliard dollarni tashkil qilganini aytgan.

Ma’lumot uchun, ilk O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo forumi 2018 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing