O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Pokiston hukumatlari o‘rtasida tranzit savdosi to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Transport vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organlar etib belgilangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, hujjat 2021 yilning 15 iyulida Pokiston Bosh vaziri Imron Xonning O‘zbekistonga tashrifi davomida Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

98

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing