O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida transport yo‘li yaratiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Pokiston bilan hamkorlikda xalqaro transport yo‘lagini yaratish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 4 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirining birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Pokiston Temir yo‘llar vaziri o‘rinbosari Mazxar Ali Shoh bilan uchrashgan.

Uchrashuvda mintaqaviy transport bog‘liqligini mustahkamlash, yuk tashish hajmlarini oshirish va yangi xalqaro yo‘laklarni shakllantirishga qaratilgan muhim tashabbuslar ko‘rib chiqilgan.

Xususan, “O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” temir yo‘l loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Tomonlar mazkur temir yo‘l qurilishining texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish maqsadida yaqin vaqt ichida tadqiqot ishlarini boshlashga kelishib olgan.

Shuningdek, Pokiston kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Ali Shoh Masud bilan “Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” yangi xalqaro transport yo‘lagini yaratish masalalari muhokama qilingan. Muzokaralar yakunida tomonlar joriy yil fevral oyida ushbu yo‘nalish bo‘yicha pilot yuk tashuvlarini amalga oshirishga kelishib olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharifning taklifiga binoan joriy yilning 5-6 fevral kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

O'zbekiston yo'l Pokiston transport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing