O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tuzildi
Jamiyat
−
23 avgust 2023
1830Kecha, 22 avgust kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomani imzoladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, Oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, ikki tomonlama hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lgan. Unda Oliy davlatlararo kengash tashkil etish to‘g‘risidagi shartnomadan tashqari, davlatlar, hukumatlar va idoralar darajasida 15 ta hujjat qabul qilingan.
2023-2024 yillarda har tomonlama strategik sheriklikni chuqurlashtirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”, energetika sohasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish to‘g‘risida, yoshlarga oid siyosat va sport sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, Media sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” shular jumlasidan.
Bundan tashqari, Fuqarolarning vizasiz qatnovlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan, “Ye-permit” ruxsatnoma blanklarini elektron almashish axborot tizimini joriy qilish, oila va bolalarni muhofaza qilish, oziq-ovqat xavfsizligi borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan hamda Xavfsizlik kengashlari kotibiyatlari o‘rtasidagi, kiberxavfsizlik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolangan.
Ta’kidlanishicha, ushbu hujjatlar O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi munosabatlarning bir qator istiqbolli yo‘nalishlarida amaliy hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Prezident Shavkat Mirziyoyevning Ozarbayjonga davlat tashrifi doirasida tor va kengaytirilgan doirada muzokaralar bo‘lib o‘tgandi.
LiveBarchasi