O‘zbekiston va OIIB o‘rtasida hamkorlik portfeli 2 mlrd dollarga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 9 mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar bankining ushbu nufuzli moliyaviy institut prezidenti Szin Litsyun boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda ko‘p qirrali sheriklikni yanada kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, ushbu bank va O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik portfeli 2 milliard dollarga yetgan. Transport, energetika, qishloq xo‘jaligi va kommunal soha, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirilmoqda.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki prezidenti Szin Litsyun Yangi O‘zbekistondagi ortga qaytmas islohotlar dasturini yuqori baholab, uni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Bank kambag‘allikka qarshi kurashish va eng avvalo qishloq joylarda ish o‘rinlarini yaratish, davlat-xususiy sheriklik va loyihalarni aralash tarzda moliyalashtirish mexanizmlarini joriy qilish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish va boshqa muhim yo‘nalishlarda O‘zbekiston bilan strategik sheriklikni rivojlantirishga intilishi qayd etilgan.

Shuningdek, uchrashuvda Markaziy Osiyo mintaqasida strategik muhim infratuzilma loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Keng ko‘lamli hamkorlik doirasidagi loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish va natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yangi o‘rta muddatli Sheriklik dasturi va “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish yuzasidan kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing