O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini quradi

Jamiyat

image

O‘zbekiston va Qozog‘iston “Darbaza – Maktaaral” yangi temir yo‘l liniyasini quradi. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Kecha, 22 fevral kuni Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Qoraboyev va O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Saidikram Niyozxo‘jayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Qayd etilishicha, uchrashuvda tomonlar sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish, transport va harbiy-sanoat kompleksi sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilgan.

Uchrashuvda Marat Karaboyev sanoat kooperatsiyasi sohasida Qozog‘iston va O‘zbekiston 10 mingdan ortiq ish o‘rni yaratish bilan umumiy qiymati 2,1 milliard dollar bo‘lgan 42 ta qo‘shma loyihani amalga oshirayotganini ta’kidlagan.

Shuningdek, uchrashuv davomida transport sohasi loyihalari, xususan, “Darbaza – Maktaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalalari muhokama qilindi.

“Darbaza” stansiyasidan “Maktaaral” bekatigacha bo‘lgan 106 km uzunlikdagi liniya qurilishi loyihasining amalga oshirilishi “Sariog‘och” nazorat-o‘tkazish punktining yuklarini tushirish imkonini beradi. Shuningdek, ushbu temir yo‘l liniyasi orqali yiliga 10 million tonnagacha qo‘shimcha yuk tashish jalb qilinib, Turkiston viloyatining Maktaaral tumani magistral temir yo‘l liniyasi bilan bog‘lanadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston temir yo'l “Darbaza – Maktaaral”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing