O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bordi-keldi aloqalar qanday?
Jamiyat
−
10 yanvar 2022
19830O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida bugungi kunda faqatgina havo aloqlari qayta tiklangan. Temir yo‘l va avtobusda yo‘lovchi tashuvlari amalga oshirilmayapti. Bu haqda Transport vazirligi Matbuot kotibi Navruz Ashurmatov QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.
“Hozirgi kunda qo‘shni respublika bilan haftasiga uch marotaba (seshanba, juma, yakshanba kunlari) Toshkent – Nur-Sulton – Toshkent yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda”, dedi Navruz Ashurmatov
Qayd etilishicha, joriy yil 7 yanvardan 13 yanvargacha:
• Toshkent – Olma-ota – Toshkent;
• Samarqand – Olma-ota –Samarqand;
• Nukus – Aqto‘be – Nukus;
• Urganch – Aqtau – Urganch;
• Nukus – Aqtau – Nukus yo‘nalishlari bo‘yicha aviaqatnovlar yetib boradigan aeroportlarning texnik sabablarga ko‘ra bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Olma-ota, Aqto‘be va Aqtauga bekor bo‘lgan parvozlar yo‘lovchilari aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlashi mumkin.
LiveBarchasi