O‘zbekiston va Qozog‘iston fazodan birgalikda foydalanadi – Prezident qarori

Olam

image

Bugun, 10 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida” qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston va Qozog‘iston hukumatlari o‘rtasida Kosmik fazoin tinchlik maqsadlarida tadqiq etish va foydalanish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.

Mazkur Bitim 2021 yil 6 dekabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev Prezident Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan Qozog‘iston uyushtirgan davlat tashrifida poytaxt Nur-Sultonda imzolangan.

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.

 

Abbos Lapasov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

224

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing