O‘zbekiston va Qozog‘iston havo hududini himoya qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazyapti

Jamiyat

image

10-14 sentyabr kunlari Qozog‘iston va O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlari harbiy xizmatchilari hamda havo hujumidan mudofaa mutaxassislari ishtirokida “Ashiq Aspan-2024” xalqaro tezkor-taktik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda mamlakat idorasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, mashg‘ulot do‘st mamlakatlarning harbiy qo‘mondonlik organlarining uyg‘unligini oshirishga, havo hujumidan mudofaa kuchlari va vositalaridan birgalikda foydalanish masalalarini ishlab chiqishga, jangovar navbatchilikning alohida holatlarida harbiy qismlarni boshqarish bo‘yicha qo‘mondonlar uchun amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga qaratilgan.

Bildirilishicha, mashg‘ulotlarda front vertolyotlari, armiya va harbiy-transport samolyotlari, shuningdek, havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining kuch va vositalari ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar davomida harbiy-havo kuchlari uchuvchilari Qirg‘iziston va Tojikiston havo kengliklarida ham parvoz qilmoqda. Shuningdek, Qozog‘iston Qurolli Kuchlari Havo hujumidan mudofaa kuchlari bosh qo‘mondoni, aviatsiya general-leytenanti Dauren Kosanov boshchiligida “Ashiq Aspan-2024” operativ-strategik qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilmoqda.

“Biz bunday mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazib turamiz, ular do‘st mamlakatlar harbiy xizmatchilariga havo hujumidan mudofaa missiyalarini birgalikda bajarish, jangovar ekipajlarni muvofiqlashtirish, shuningdek, mamlakatlarimizning mudofaa qobiliyatini oshirishda amaliy tajriba orttirish imkonini beradi”, dedi Kosanov.

Mashg‘ulotning o‘ziga xos jihati davlat chegarasi yoki havo hududidan foydalanish chegara qoidalari buzilgan taqdirda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlarining jangovar ekipajlari bilan qo‘shni davlatlar – Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston qo‘mondonlik punktlari va nazorat punktlarining o‘zaro hamkorligi tartibini ishlab chiqish bo‘lgan.  

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati harbiy poligonida MDH Aksilterror markazi ko‘magida Hamdo‘stlik vakolatli organlarining “Sharq-Aksilterror – 2024” qo‘shma aksilterror mashqlari o‘tkazilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Harbiy-havo kuchlari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made