O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiylari o‘zbek-afg‘on chegarasi yaqinida mashg‘ulot o‘tkazadi
Jamiyat
−
16 noyabr 2021
5766Joriy yilning 17-24 noyabr kunlari O‘zbekiston janubida, Termiz tumani poligonida Qozog‘iston-O‘zbekiston harbiylari “Hamkorlik-2021”
qo‘shma mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Qo‘shma manevrlardan maqsad — qo‘shma vazifalarni hal etishda ikki qardosh davlat Qurolli Kuchlarining muvofiqligi va o‘zaro hamkorligi darajasini oshirishdan iborat.
Mashg‘ulotlarda Qozog‘iston tomonidan 100 dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etadi, ularga ko‘p funksiyali Su-30SM qiruvchi samolyotlari, S-295 harbiy-transport samolyotlari, taktik dronlar jalb etiladi.
Qozog‘iston bo‘linmalarining jangovar tayyorgarligi vazifalariga qidiruv va razvedka operatsiyasini o‘tkazish, dushmanning oldingi otryadlarini yo‘q qilishda jangovar qo‘riqlash bo‘linmalarining harakatlarini mashq qilish, hujumni qaytarish va noqonuniy qurolli tuzilmalarni yo‘q qilish, yaradorlarni va ishdan chiqqan texnikani evakuatsiya qilish kiradi.
Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi boshida Qozog‘iston va O‘zbekiston Qurolli Kuchlari maxsus bo‘linmalarining “Qalqon-2021” qo‘shma taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilgandi.
LiveBarchasi