O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

Kecha, 29 oktyabr kuni O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Jiyenbay Izbasqanov 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi ma’lum qildi.

Jiyenbay Izbasqanov 1949 yil 12 iyunda Shomanay tumanida tug‘ilgan. 1982-1985 yillarda “Jetkinshek” gazetasida bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 1990-1995 yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Matbuot qo‘mitasida boshliq o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

“Qoraqalpog‘iston” gazetasida bosh muharrir (1995-2010) lavozimida faoliyat yuritgan.

Shoir bir qancha klassik asarlarni qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. 2005 yilda “Qoraqalpog‘iston xalq shoiri” faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. Berdaq nomidagi davlat mukofoti sovrindori.


Maqola muallifi

Teglar

Jiyenbay Izbasqanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar