O‘zbekiston va Qirg‘izistonni bog‘lovchi yashirin yo‘llar topildi (video)

Jamiyat

−

image

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida Qirg‘iziston Respublikasidan noqonuniy olib o‘tuvchi yer osti yo‘llari aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 3-9 fevral kunlari Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyati Qora-Suu tumani hududidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hududiga olib kiruvchi, har birining eni 60 sm, balandligi 1,5 metr, uzunligi taxminan 150-200 metrli ikkita yer osti yo‘llari mavjudligi aniqlandi.

“Hozirgi vaqtda ushbu holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi doirasida surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing