O‘zbekiston va Qirg‘iziston birinchi xonimlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
19 iyul
6121"Ko‘ksaroy" qarorgohida Qirg‘iziston Prezidentining O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida ikki mamlakat birinchi xonimlari Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qayd etilishicha, davlat rahbarlarining rafiqalari qardosh xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlash, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashgan.
Shuningdek, birinchi xonimlar Qibray tumanidagi “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotiga ham tashrif buyurgan. Bu yerda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga reabilitatsiya xizmatlari ko‘rsatiladi. Loyiha doirasidagi birinchi muassasa 2019 yilda Nukusda, keyin Qarshi va Zarafshonda ochilgan, kelajakda butun respublika bo‘ylab tashkil etish rejalashtirilgan.
“Ziroat Mirziyoyeva va Oygul Japarova bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholab, ushbu ezgu g‘oyani amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda 16 ta hujjat imzolangandi.
LiveBarchasi