O‘zbekiston va Finlyandiya o‘rtasida 9 ta hujjat imzolandi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2025 3753 1 daqiqa
Bugun, 31 oktyabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb Qo‘shma bayonotni imzoladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, yetakchilar huzurida turli yo‘nalishlarda, shu jumladan:
- savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish;
- foydali qazilmalarni qazib olish sohasidagi hamkorlik;
- geologiya fanlari, geologik qidiruv, foydali qazilmalar va yer osti suvlarini izlash hamda konchilik sohalaridagi hamkorlik;
- raqamli transformatsiya, innovatsiyalar va raqamli o‘zaro bog‘liqlikni rivojlantirishga ko‘maklashish;
- ijtimoiy himoya sohasidagi hamkorlik;
- maktabgacha va maktab ta’limi tizimiga raqamli ta’lim platformasini joriy etish bo‘yicha hamkorlik;
- ta’lim, fan va innovatsiyalar sohalaridagi hamkorlik;
- raqamlashtirish va suv resurslarini boshqarish sohasidagi fan-ta’lim salohiyatini oshirish;
- iqlim o‘zgarishi va atrof-muhit muhofazasi borasidagi hamkorlikka oid ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash marosimi bo‘lib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb rasmiy delegatsiyalar ishtirokida muzokara o‘tkazgandi.
Live
Barchasi