O‘zbekiston va Eron o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekiston
−
07 Dekabr 2022 3925 1 daqiqa
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida “Qeshm Air” aviakompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Erondagi elchixonasida mamlakat konstitutsiyasi qabul qilingani 30 yilligi arafasida ikki davlat o‘rtasida o‘zaro havo qatnovlari yo‘lga qo‘yilganiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tgan.
Unda joriy yilning 22 dekabridan boshlab “Qeshm Air” aviakompaniyasi Tehron-Toshkent va Tehron-Samarqand yo‘nalishlari bo‘ylab to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni amalga oshirishi ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar O‘zbekiston va Eron o‘rtasida “Zagros Airlines” aviakompaniyasi haftasiga bir marta to‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni amalga oshirmoqda.
Ozoda Choriyeva
Live
BarchasiBAAdagi YTHda 14 kishi halok bo‘ldi
13 Noyabr