O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari hamkorlik qiladi
Jamiyat
−
18 Sentabr 2023
3190Londonda O‘zbekiston va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari o‘rtasida 2024 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Aytilishicha, Buyuk Britaniya poytaxtida ikki davlatning Mudofaa vazirliklari vakillari ishtirokida navbatdagi qo‘mondonlik-shtab muzokaralari bo‘lib o‘tgan.
Uchrashuvda tomonlar hamkorlikning bugungi holatini muhokama qilgan va uni rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab olgan. Xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashilgan.
Muzokaralar natijasida 2024 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolangan.