O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Jamiyat
−
26 iyun 2021
10635Hindistonning “Air India” aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni bajarish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risidagi bitim asosida “O‘zaviatsiya” agentligi tomonidan Hindiston Respublikasining “Air India” aviakompaniyasiga joriy yil 25 iyunda 11-K sonli ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Ushbu ruxsatnomaga muvofiq, “Air India” aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-214 va Airbus 320-251N havo kemalarida bajaradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 6 yillik tanaffusdan so‘ng Toshkent va Kiyev o‘rtasida muntazam parvozlar tiklanishi ma’lum qilingandi.
Shuningdek, joriy yilning 24 iyun kuni O‘zbekistonda koronavirusning Hindistonda paydo bo‘lgan xavfli “hindcha” shtammi aniqlangani ma’lum bo‘ldi. Buning ortidan O‘zbekistonda karantin cheklovlari yanada kuchaytirilishi haqida xabar berildi.
LiveBarchasi