O‘zbekiston uzoq yillik izolyatsiyadan qutuldi - “Forbes”
Olam
−
29 iyul 2019
3804AQSHning dunyoga mashhur “Forbes” nashri muallif Melik Kaylanning “O‘zbekiston tarixidagi o‘z o‘rnini mustahkamladi” sarlavhasi ostidagi maqolasini chop etdi.
Maqola muallifining fikricha, O‘zbekiston uzoq yillar izolyatsiya qilinganidan keyin biznes uchun ochilgan. Buni 16-23 iyul kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining AQSHga amalga oshirgan tashrifi davomida, Vashington va Nyu-Yorkdagi uchrashuvlarda, Manxettenda o‘tkazilgan “O‘zbekistonning kapital bozori imkoniyatlari” mavzuidagi investitsiya forumidagi taqdimotlar isbotlaydi.
“Amerikalik ishbilarmonlar O‘zbekiston delegatsiyasining samarali ishlariga ijobiy qaradi”, deydi Melik Kaylan.
Muallif avvalo, ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasidagi iliq va ishonchli munosabatlarni payqamaslik mumkin emasligini ta’kidlar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni islohotchi, o‘z davlatining “iqtisodiy taqdirini” yaxshilash yo‘llarini aniq tasavvur etadigan odam deydi.
Melik Kaylanning fikricha, O‘zbekiston rahbari bir necha yil davomida mamlakatning kelajagini yaxshi tomonga o‘zgartirdi - mahbuslarni ozod qildi, O‘zbekistonda xorijiy ommaviy axborot vositalariga ruxsat berdi, respublikani tashqi savdo va sarmoyalar uchun ochdi.
Davlat rahbariyati yuqori malakali kadrlar tayyorlashga katta e’tibor qaratmoqda. O‘zbekiston Prezidenti yangi yosh iste’dodlarni xorijiy ma’lumotlarga ega yuqori lavozimlarga tayinladi, mamlakatda korrupsiyaga qarshi faol kurashmoqda.
Shuningdek, muallif O‘zbekiston rahbari mamlakatda o‘zgarishlar bo‘lishi kerakligini yaxshi tushunishini va bu yo‘nalishdagi dastlabki qadamlar qo‘shni davlatlar bilan chegara nizolarini hal qilishda, ular bilan foydali tijorat shartnomalarini imzolashdan boshlandi, deya ta’kidlaydi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston rahbari aholi bilan maslahatlashish, shikoyatlarni ko‘rib chiqish va tegishli takliflar uchun butun mamlakat bo‘ylab qabulxonalarini ochgan.
“Mazkur g‘oya aholi bilan barqaror aloqani yo‘lga qo‘yish, odamlar bilan maslahatlashish, ularning ehtiyojlari haqida bilish va muammolarini hal qilishga qaratilgan”, deydi Melik Kaylan.
LiveBarchasi