O‘zbekiston o‘zining yengil zirhli avtomobilini ishlab chiqmoqda

Jamiyat

image

Davlat mudofaa sanoati qo‘mitasi mamlakatning maxsus uskunalarini ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi korxonalaridan biri “KRAN VA MAXSUS TEXNIKALAR” MCHJ bilan hamkorlikda TARLON (4x4) rusumli yengil zirhli avtomobilning (YeZA) tajriba namunasi ishlab chiqilmoqda.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, o‘qlar va portlashlardan himoya etuvchi YeZA shaxsiy tarkibni tashish, ularni jang maydonida o‘q-dori va portlovchi moddalardan himoya qilish, xavfli hududlarda maxsus vazifalarni bajarish, mobil guruhlar va blokpostlarga olovli madad berish, qo‘shinlarni va avtotransport kolonnalarini himoya qilish, jangovar patrullik va boshqa jangovar vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.

Ta’kidlanishicha, o‘zining texnik va jangovar xususiyatlariga ko‘ra, TARLON yetakchi xorijiy davlatlarning shu turkumdagi yengil zirhli avtomobillardan aslo qolishmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

zirhli mashina TARLON

Baholaganlar

557

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar