O‘zbekiston o‘zi mezbonlik qilgan Jahon chempionatini tark etdi

Sport

image

Bugun, 20 sentyabr kuni O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 3-tur o‘yinlari o‘tkazildi.

“A” guruhidan joy olgan va ikki turdan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelayotgan O‘zbekiston terma jamoasi guruh bosqichining oxirgi turida Kosta-Rika bilan to‘qnash keldi.

Uchrashuvning 4-daqiqasida Kosta-Rika a’zosi Kubilyo O‘zbekiston darvozasiga gol kiritib hisobni ochdi. 11-daqiqada esa Mashrab Odilov muvozanatni tiklovchi golga mualliflik qildi – 1:1. Dastlabki bo‘limning so‘nggi daqiqasida kosta-rikaliklardan Leon jamoasi uchun navbatdagi golni kiritdi va hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Ikkinchi bo‘limning 7-daqiqasida nominal mehmonlar a’zosi raqib darvozasiga to‘p kiritdi va ikkinchi marta hisobdagi muvozanatni tikladi. 30-daqiqada esa Berkinov o‘zbekistonliklarni hisobda oldinga olib chiqdi – 2:3.

Oradan bir daqiqa o‘tib, Ixtiyor Ropiyev qizil kartochka olib, 2 daqiqaga o‘yindan chetlatildi. Kosta-rikaliklar mazkur vaziyatdan foydalanib hisobni tenglashtirdi. Bu safar gol muallifi Chavarria. 34-daqiqada Kabalseta o‘zbekistonliklar darvozasiga to‘p kiritdi – 4:3. O‘yin yakunlanishiga 2 daqiqa qolganda Salas gol urdi va tablodagi raqamlarni 5:3 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa o‘yin yakunlandi va O‘zbekiston o‘zi mezbonlik qilgan Jahon chempionatini tark etdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Jahon chempionati futzal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing