O‘zbekiston o‘tgan yili Amudaryodan qancha suv “ichgani” ma’lum bo‘ldi 

Jamiyat

image

O‘zbekiston 2023 yilda Amudaryo suvining 18,3 kilometr kubidan foydalangan. Bu haqda "Meteojurnal" xabar berdi.

Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtirish komissiyasi ilmiy-axborot markazi ma’lumotlarida keltirilishicha, 2023 yilda Amudaryo Afg‘onistonni hisobga olmaganda, uchta davlatga jami 47,58 kub kilometr suv bergan.

Amudaryo suvidan eng ko‘p foydalangan Turkmaniston bo‘lib, ular daryo suvining 42 foizini ishlatgan. Bu daryoning deyarli 20 kilometr kub suvi demakdir.

Keyingi o‘rinda O‘zbekiston bo‘lib, daryo suvining 38,4 foizidan foydalangan (18,3 kilometr kub atrofida). Tojikiston hisobiga 19,8 foiz suv to‘g‘ri keladi (9,4 kilometr kubdan ortiq).

Afg‘oniston bo‘yicha ma’lumotlar mavjud emas, lekin suv olish bo‘yicha u qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, Afg‘oniston hech bo‘lmaganda hozircha ro‘yxatda 4-o‘rinni egallab turibdi.

Nashrga ko‘ra, Turkmaniston suvdan samarasiz foydalanayotgan davlatlar orasida yetakchidir. Rasmiy aholi ma’lumotlaridan kelib chiqilsa, Turkmanistonda 2023 yilda Amudaryodan suv olish aholi jon boshiga 6741,7 metr kubni tashkil qilgan. 

Oylar kesimida ham Turkmaniston Amudaryodan eng ko‘p foydalanuvchi bo‘lgan. Faqat fevral, mart va iyul oylarida O‘zbekiston Turkmanistonga nisbatan Amudaryodan ko‘proq suv olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Amudaryo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing