O‘zbekiston o‘tgan yilda xorijdan qancha benzin sotib oldi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

2021 yilning dastlabki 11 oyida O‘zbekistonga qiymati 115,3 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 308,4 mln litr avtomobil benzini import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, avtomobil benzini importi 2020 yilning mos davriga nisbatan 112 mln litrga yoki 36,3 foizga oshgan.

O‘zbekistonga avtomobil benzini asosan Rossiya, Turkmaniston va Qozog‘istondan import qilingan. Shuningdek, Iroq va Erondan ham mamlakatga benzin olib kelingan.

•  Rossiya – 145,3 mln litr

•  Turkmaniston – 141,2 mln litr    

•  Qozog‘iston – 16 mln litr 

•  Iroq – 3,6 mln litr 

•  Eron – 1,8 mln litr

Qayd etish kerak, O‘zbekistonda 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida 1 mln tonnadan ziyod avtomobil benzini ishlab chiqarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing