O‘zbekiston urushda Rossiyaga yordam beryaptimi? Ukraina elchisi TIVga chaqirtirildi
Jamiyat
−
10 noyabr 2022
15274Bugun, 10 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Ukrainaning mamlakatdagi Favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, elchiga Ukraina Mudofaa vazirligi vakilining amaldagi sanksiya cheklovlarini chetlab o‘tib, ikki maqsadli mahsulotlar yetkazib berilgani haqida OAVda tarqalgan asossiz bayonoti munosabati bilan jiddiy xavotir bildirilgan.
Bunga javoban, Ukraina tomonidan OAVda O‘zbekistonga oid noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmasligi ta’kidlangan.
Shu bilan birga, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Ukraina tomonining rasmiy so‘rovlari kelib tushgan taqdirda, ularni qiziqtirgan masalalarni o‘rganish va xolis ma’lumot berishga tayyorligini qo‘shimcha qilgan.
O‘z navbatida, elchi Doroshenko O‘zbekiston tomonining xavotirlari va uchrashuv natijalarini Ukraina Tashqi ishlar vazirligi rahbariyatiga zudlik bilan yetkazishini ishonch bilan bildirgan.
Ma’lumot uchun, Ukraina Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi vakili O‘zbekistonni Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam berishda ayblagan edi.
LiveBarchasi