O‘zbekiston uchun Osiyo o‘yinlarida yangi tarix ochgan delegatsiya Toshkentda kutib olindi
Sport
−
09 Oktabr 2023
7736Bugun, 9 oktyabr kuni Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan XIX Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasini poytaxt Toshkent shahrida tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jamoani Toshkent aeroportida rasmiy kutib olish marosimida mutasaddilar, san’atkorlar, sportchilar, murabbiylar va jamoa a’zolarining yaqinlari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov sportchilarni g‘alaba bilan tabriklab, Prezident Shavkat Mirziyoyev nomidan tabrik so‘zini o‘qib eshittirdi.
Marosim mehmonlari orasida Toshkent hokimi Shavkat Umrzoqov, senator Mahmud Toir, xalq artisti Farrux Zokirov va Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovlar ham bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston delegatsiyasi Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan XIX yozgi Osiyo o‘yinlarida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bu bilan o‘zbekistonlik sportchilar medallar soni va sifati bo‘yicha tarixdagi eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Avvalgi eng yaxshi natija 2018 yil Jakartada qayd etilgan.
LiveBarchasi