O‘zbekiston U-23 jamoasining Parij Olimpiadasi yo‘lidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 25 may kuni Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida kelgusi yilning aprel-may oylarida Qatarda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi bahslarining saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, Temur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston jamoasi “E” guruhida joy oldi. Guruhda O‘zbekistonga Eron, Afg‘oniston va Gongkong jamoalari raqiblik qiladi. 

Osiyo kubogi saralash bosqichida 11 ta guruhda 43 ta jamoa kurash olib boradi. Saralash guruhlari g‘olib jamoalari va yana 2-o‘rinni egallagan 4 ta jamoa Osiyo kubogiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Saralash bahslari shu yilning 4-12 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. “E” guruhi saralash o‘yinlari O‘zbekistonda o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Osiyo chempionati 2024 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining erkaklar o‘rtasidagi futbol turniriga saralash bosqichi vazifasini ham o‘taydi. Musobaqaning uchta sovrindor jamoasi OFK vakili sifatida Parij mezbonligidagi Olimpiadaga yo‘llanma oladi, 4-o‘rinni egallagan jamoa esa Afrika qit’asi vakili pley-off o‘yinini o‘tkazadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Parij Olimpiadasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing