O‘zbekiston U-20 termasi Braziliya va Argentina bilan o‘ynaydi
Sport
−
27 iyul 2022 8605 1 daqiqa
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Lotin Amerikasi terma jamoalari bilan birgalikda xalqaro musobaqada ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqa doirasida, Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Urugvay, Argentina va Braziliya yoshlar terma jamoalari bilan bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik yoshlarning nomdor raqiblarga qarshi uchrashuvlari joriy yilning 6, 8 va 10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘yinlarga Urugvayning Maldonado shahrida joylashgan “Domingo Burgenyo Migel” stadioni mezbonlik qilishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi