O‘zbekiston U-20 terma jamoasi Jahon chempionatini mag‘lubiyat bilan boshladi
Sport
−
21 may 2023 15527 1 daqiqa
Kecha, 20 may kuni futbol bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi Argentina yoshlariga qarshi bahs olib bordi.
Ilk hisobni O‘zbekiston futbolchilari ochdi, ya’ni o‘yinning 23-daqiqasida Mahmud Muhammadjonov o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Ammo oradan 4 daqiqa o‘tib, Argentina futbolchisi Alexo Veliz O‘zbekiston darvozasiga javob golini kiritdi.
O‘yinning 41-daqiqasida esa Argentina jamoasidan Valentin Karboni o‘z jamoasiga yana bir gol olib keldi. Shu tariqa o‘yin 2:1 hisobda yakunlanib, Argentina futbol jamoasi o‘yinda g‘alaba qozondi.
Live
Barchasi