O‘zbekiston U-17 Jahon chempionatidagi ishtirokini yakunladi
Sport
−
18 noyabr 8717 1 daqiqa
Bugun, 18 noyabr kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati nimchorak final bosqichida Italiyaga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvda Italiya 3:2 g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning dastlabki daqiqalarini Islom Ismoilov shogirdlari faol boshladi va bir nechta imkoniyat yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq dastlabki gol yevropaliklar tomonidan kiritildi. O‘yinning 19-daqiqasida Tomas Kampanello hisobni ochdi. Shu tariqa birinchi bo‘limda boshqa gol bo‘lmadi.
Hisobda orta qolayotgan amaldagi Osiyo chempionlari uchrashuvning ikkinchi bo‘limini hujumkor boshladi va 56-daqiqaga kelib Amirxon Murodov uchrashuvdagi muvozanatni tikladi. 68-daqiqaga kelib Tomas Kampanelloning goli bilan Italiya hisobda oldinga chiqib olgan bo‘lsa, oradan ikki daqiqa o‘tib Dauda Iddrisa hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Azizbek Erimbetov oradagi farqni qisqartirdi, biroq hisobni tenglashtirish uchun vaqt tugagan edi. Shu tariqa O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini nimchorak final bosqichida yakunladi.
Live
Barchasi