O‘zbekiston U-17 Osiyo kubogi yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi o‘ynaydi

Sport

image

Ertaga, 29 iyun kuni O‘zbekiston terma jamoasi Tailandda bo‘lib o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo kubogi yarim finalida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi.

Mazkur uchrashuv Bangkok shahrining “Patum Tani” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da start oladi.

Ushbu bahsda o‘zbekistonlik futbolchilar oq-ko‘k, darvozabon esa to‘liq qora gangli libosda harakatlanadi. 

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Jamoliddin Rahmatullayevga ko‘ra, futbolchilar o‘yinga ruhan va jismonan tayyor hamda g‘alabaga ishtiyoqmand bo‘lib turibdi.

“Biz katta maqsad va ishtiyoq bilan musobaqaga kelganmiz. Minimal maqsad – Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga erishdik. Endi esa turnirda zafar quchishni uddalashimiz zarur. Oldimizdagi ikki muhim  o‘yinni ijobiy natija bilan hal qilish uchun bor kuchimizni beramiz. Albatta, raqibni o‘rganib chiqdik. Barcha jamoalarda bo‘lgani singari ularning ham kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Ertaga rejalarimizni amalga oshirishga harakat qilamiz”, deydi jamoa bosh murabbiyi.

Shuningdek, murabbiy navbatdagi raqib jamoaga begona emasligi, oxirgi bahsda ular ustidan g‘alaba qozonilganiga alohida to‘xtalib o‘tdi.

“Saralash bahslarida 3:2 hisobida Koreyani yutganmiz. Endi o‘sha g‘alaba tasodif emasligini isbotlash qoldi. O‘ylaymanki, yarim finalda o‘zimiz uchun kerakli bo‘lgan natijani qo‘lga kiritamiz”, deydi Jamoliddin Rahmatullayev.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 iyun kuni O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo kubogining 1/4 finalida Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushib, 2:0 hisobida g‘alabaga erishgandi. Bu orqali ular Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston U-17 Janubiy Koreyaga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing