O‘zbekiston Turkiya kompaniyasiga qarshi 700 mln dollarlik arbitraj ishida g‘olib chiqdi

Jamiyat

image

Xalqaro arbitraj Turkiya tekstil kompaniyasining O‘zbekistonga nisbatan 700 mln dollarlik da’vosini rad etdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2024 yil 10 oktyabr kuni Investitsion nizolarni hal qilish xalqaro markazining (ICSID) arbitraj tribunali Bursel Tekstil Sanayi Ve Diş Ticaret A.Ş. (Turkiya) kompaniyasi va Turkiya Respublikasi fuqarolari (Bursel kompaniyasi) da’vosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasiga qarshi ochilgan xalqaro arbitraj ishi bo‘yicha qarorini chiqargan. Da’vo miqdori taxminan 700 million AQSH dollarini tashkil etgan. 

Ushbu chiqarilgan arbitraj tribunali qaroriga ko‘ra, Bursel kompaniyasining barcha da’volari rad etilib, ularga O‘zbekiston tomonining arbitraj xarajatlarini qoplab berish belgilangan. Arbitraj ishi Bursel kompaniyasi tashabbusi bilan 2017 yilning iyul oyida boshlanib, qariyb 7 yil davom etgan.

Arbitraj qoidalariga ko‘ra, arbitraj tribunali qarori yakuniy va majburiy hisoblanadi. Mazkur arbitraj ishida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda White&Case xalqaro yuridik firmasi (Vashington, AQSH) tomonidan ta’minlangan.

Bursel kompaniyasining manfaatlarini himoya qilish Başpinar & Partners Law Firm, Besket Law LLC, C LLP, C LLP (2020 yilga qadar), Freshfields Bruckhaus Deringer LLP (2022 yilga qadar) xalqaro yuridik firmalari tomonidan ta’minlangan.

Ma’lumot uchun, Bursel Tekstil Sanayi ve Dı Ticaret A.Ş. kompaniyasi 2000 yillarning boshida O‘zbekistonga sarmoya kiritgan va Toshkentda to‘qimachilik fabrikasi qurilishida ishtirok etgan. Ushbu loyiha OPEK Xalqaro taraqqiyot jamg‘armasi va Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya O'zbekiston Xalqaro arbitraj Bursel Tekstil Sanayi Ve Diş Ticaret A.Ş. tekstil' kompaniyasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing