O‘zbekiston turizm sohasi og‘ir judolikka uchradi
Jamiyat
−
03 avgust 2020 17552 1 daqiqa
O‘zbekiston turizm sohasiga beqiyos hissa qo‘shgan jamoat arbobi, “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan Ne’mat Abdullayev kecha, 2 avgust kuni 74 yoshida vafot etdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi xabar bermoqda.
Ne’mat Zokirovich Abdullayev 1946 yilda tavallud topgan. U 1994-2005 yillarda “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. U o‘z davrida O‘zbekistonda turizm sohasi rivojiga o‘chmas hissa qo‘shgan.
“U hamkasblari xotirasida hamisha shijoatli, jonkuyar, samimiy inson sifatida muhrlanib qoladi”, deyiladi qo‘mita xabarida.
Ma’lumotlarga qaraganda, Ne’mat Abdullayev pnevmoniya xastaligi sabab olamdan o‘tgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025