O‘zbekiston tojik paxtasi importini ko‘paytirdi
Jamiyat
−
12 avgust 2022 13495 1 daqiqa
2022 yilning birinchi yarmida Tojikiston O‘zbekistonga umumiy qiymati 17,3 million dollarga teng 6,6 ming tonnadan ortiq paxta eksport qildi. Bu haqda "Asiaplus" xabar bermoqda.
Nashrning yozishicha, bu 2021 yilning shu davriga nisbatan deyarli 3,3 barobar (5,3 million dollar) ga ko‘pdir. Birinchi yarim yillikda ikki davlat o‘rtasidagi umumiy tovar ayirboshlash hajmi 285 million dollardan ortiqni tashkil etgan.
Xususan, Tojikiston O‘zbekistonga 96 million dollarga teng mahsulot eksport qilib, 189 mln dollarlik tovar va xizmatlarni import qilgan. O‘zaro savdodagi saldo O‘zbekiston foydasiga 93,5 mln dollarga teng.
2022 yilning yanvar-iyun oylarida Tojikistondan O‘zbekistonga eksport qilingan asosiy tovarlar:
• paxta (17,3 million dollar),
• sement (14,1 million dollar),
• elektr energiyasi (12,2 million dollar),
• alyuminiy (10,6 million dollar).
Tojikiston O‘zbekistondan asosan mineral va kimyoviy o‘g‘itlar, tabiiy gaz, maishiy texnika, kiyim-kechak va poyabzal, gilam, pomidor, tarvuz-qovun, ipak mahsulotlarini import qilgan.
Ma’lumot uchun, joriy yilning iyun oyi oxirida “O‘zto‘qimachiliksanoat” delegatsiyasi Tojikistonga amaliy tashrifi chog‘ida Xatlon va So‘g‘d viloyatlari mahalliy hokimiyat organlari rahbarlari bilan paxtani qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish istiqbollarini muhokama qilgan edi.
Farangiz Salimova
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025