O‘zbekiston “Tolibon”ning bosimi sabab afg‘on uchuvchilarini deportatsiya qilishi mumkin — OAV

Jamiyat

image

O‘zbekiston “Tolibon” bosimi tufayli yuqori malakali afg‘on uchuvchilarini oilalari bilan deportatsiya qilishiga to‘g‘ri kelishi bo‘yicha AQSHni ogohlantirdi. Bu haqda “The Wall Street Journal” gazetasi yozmoqda.

Qayd etilishicha, uchuvchilar guruhi ikki hafta oldin Afg‘onistondan mamlakat Harbiy havo kuchlarining vertolyot va samolyotlarida O‘zbekistonga uchib o‘tgan.

Gazetaning yozishicha, Toshkent “Tolibon” bilan ziddiyatga bormaslik uchun rasmiy Vashingtondan uchuvchilarni darhol uchinchi davlatga o‘tkazish choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.

Nashr AQSHning uchuvchilarni o‘qitish va Afg‘on havo kuchlarini yaratish dasturi Afg‘oniston qurolli kuchlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan eng mashhur dasturlardan biri bo‘lganini eslatib o‘tgan. AQSH bu dasturga milliardlab dollar sarflagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 avgustida “Tolibon” harakati Afg‘oniston poytaxti Qobulni egallagach mamlakatda tartibsizlik boshlandi. Hatto, mamlakat Qurolli kuchlari ham jon ilinjida Afg‘onistonga qo‘shni davlatlar, jumladan O‘zbekiston tomon qochdi. 

Ushbu keskinlik fonida O‘zbekistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh viloyati Surxondaryoga bir necha harbiy samolyot va verlotyotlar uchib o‘tgani haqida xabar hamda videolavhalar tarqaldi. Jumladan, joriy yilning 16 avgust kuni ichida jami 20 dan oshiq afg‘onistonlik uchuvchi harbiy bo‘lgan ikkita vertolyot Surxondaryo paxta dalasiga qo‘ndi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1503

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing