O‘zbekiston terma jamoasining Qirg‘iziston va Eronga qarshi o‘yinlari vaqti e’lon qilindi

Sport

image

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Qirg‘iz Respublikasi va Eronga qarshi uchrashuv vaqtlari va joylari OFK tomonidan ma’lum qilindi. 

Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi uchrashuv vaqtini o‘zgartirish bo‘yicha OFKga so‘rov yubordi. So‘rov qanoatlantirilib, o‘yin 20 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 ga ko‘chirildi.

Shuningdek, 25 mart kuni O‘zbekiston terma jamoasining Eronga qarshi safar uchrashuvi “Ozodi” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da o‘tkazilishi belgilandi.

Ma’lumot uchun, JCH-2026 saralashning 3-bosqich 6-turidan keyin Temur Kapadze shogirdlari 13 ochko bilan “A” guruhida 2-o‘rinni egallab turibdi. 3-bosqichda guruhlarda 1 va 2-o‘rinni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘gir mundial yo‘llanmasiga ega chiqadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Eron Qirg'iz Respublikasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing