O‘zbekiston terma jamoasi yana Rossiyaga qarshi o‘ynashi mumkin
Sport
−
16 fevral 2023
5723O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Odil Ahmedov mamlakat milliy terma jamoasi safarda Rossiya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi mumkinligini aytdi. Bu haqda “Sport24.ru” sayti xabar berdi.
“Biz hali Rossiya futbol federatsiyasi bilan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yini masalasini muhokama qilganimiz yo‘q. Oxirgi o‘rtoqlik o‘yini menga yoqdi, shuning uchun biz bu mavzuga qaytamiz va o‘ylaymanki, kelajakda o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tadi. O‘yinni Rossiyada bo‘lishi bizga muammo tug‘dirmaydi. Boz ustiga, Toshkentda Rossiya terma jamoasini qabul qildik, endi navbat Rossiyaga”, deydi Ahmedov.
Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 24 mart kuni Albaniyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning noyabr oyida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari ilk marta o‘zaro o‘yin o‘tkazgan edi. Toshkentdagi nazorat uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlangandi.
LiveBarchasi