“O‘zbekiston temir yo‘llari” Qashqadaryodagi holatga izoh berdi

Jamiyat

image

Avvalroq, Qashqadaryo viloyatining tog‘-yon bag‘ir hududdan o‘tuvchi temir yo‘l relsida poyezd harakatlanayotgan vaqtda tuproq ko‘chishi sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Qashqadaryo viloyatida yuz bergan tabiiy xarakterdagi hodisa yuzasidan ma’lumot berdi.

“Joriy yilning 6 aprel kuni ertalab kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Oqrabot qishlog‘ida ko‘chkilar hosil bo‘ldi, buning oqibatida temir yo‘l sathining pasayishi yuz berdi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda yo‘l ustki qismni mustahkamlash bo‘yicha tiklash ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida peregon (ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa - tahr.) vaqtincha yopildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan ushbu uchastkada yuk ko‘chma sostavi xodimlari (to‘xtab qolgan elektrovozda bo‘lganlar) avtobuslar yordamida olib chiqib ketilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning boshqaruv raisi v.b. X.Hosilov boshligidagi rahbariyati yuzaga kelgan noqulayliklarni tezda bartaraf etish uchun voqea joyiga yo‘l olgan.

Ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, ko‘chma sostavning barcha vagonlari soz holatda.

Kompaniya rahbariyatining ta’kidlashicha, ushbu uchastka kechgacha to‘liq tiklanishi rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“O'zbekiston temir yo'llari” Dehqonobod tumani

Baholaganlar

84

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar