“O‘zbekiston temir yo‘llari”ga yangi rais tayinlandi

Jamiyat

image

Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Narzullayev Zufar G‘iyosovich "O‘zbekiston temir yo‘llari" aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda jamiyat Matbuot xizmati xabar berdi.

Zufar Narzullayev 1996 yildan O‘zbekiston temir yo‘l sohasidagi tarkibiy bo‘linmalarida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2009-2016 yillarda temiryo‘l tizimida kapital qurilish direksiyasiga rahbarlik qilgan. 

U 2016-2017 yillarda Jizzax viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari ham bo‘lgan. Zufar Narzullayev 2017 yildan buyon “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Rahmetov Hikmatilla Narzullayevich "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev investitsiyalarni jalb qilish va ularni o‘zlashtirishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” raisi lavozimida ishlab kelayotgan Xusniddin Xosilovni ishdan olgandi.

Bundan tashqari, shu kuni Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Baxtiyor Kamolov, Transport vaziri  o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov, “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisi Sohib Saifnazarov va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi Abdurahmon Abduvaliyev lavozimidan ozod etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing