O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
12 iyul 2021
6987O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga yangi direktor tayinlandi. Yangi agentlik “O‘zstandart” agentligining vorisi sifatida tashkil etilgandi.
Qayd etilishicha, Dilshod Ne’matovich Sattorov O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori etib tayinlangan.
Ma’lumot o‘rnida, Dilshod Sattorov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi bosh direktori etib tayinlangunga qadar “O‘zstandart” agentligini boshqargan.
Avvalroq “Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilingandi. Unga muvofiq, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tashkil etilgandi.
LiveBarchasi