O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 5 mlrd dollarga kamaydi

Jamiyat

image

Joriy yilning yanvar-noyabr oylari yakuni bilan respublikaning tashqi savdo aylanmasi 32,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etib, 2019 yilning mos davriga nisbatan 4,8 mlrd AQSH dollariga yoki 12,9 foizga kamaygan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 14,1 mlrd AQSH dollariga (10,5 foizga kamaygan) va import hajmi 18,7 mlrd AQSH dollariga (14,7 foizga kamaygan) yetgan. Hisobot davrida 4,57 mlrd AQSH dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etilgan.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish strategiyasi diversifikatsiyalangan va raqobatbardosh iqtisodiyotni yaratishga, innovatsion texnologiyalar va bozorni boshqarishning yangi usullaridan foydalangan holda milliy resurslardan maksimal darajada foydalanishga yo‘naltirilgan.

Mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyati, xususan tashqi savdo sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning pirovard natijasi aholining turmush darajasiga bevosita o‘z ta’sirini o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasining umumiy tashqi qarzi 2020 yilning 1 oktyabr holatiga 29,3 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, bunda 18,7 milliard dollar davlat sektoriga, 10,6 milliard dollar xususiy sektorga to‘g‘ri kelishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing