O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yaponiyaga bordi

Jamiyat

image

Kecha, 6 mart kuni rasmiy tashrif bilan Yaponiya poytaxti Tokioga borgan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso bilan uchrashdi. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi.

"O‘zbekistonning Yaponiyadagi yaqin do‘sti, Liberal-demokratik partiya vitse-prezidenti, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi raisi Taro Aso janoblari bilan uchrashganimizdan g‘oyat mamnunmiz", deb yozgan Baxtiyor Saidov o‘zining Telegram-kanalida.

Qayd etilishicha, xalq diplomatiyasi mamlakatlarni yanada yaqinlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. 

"Janob Aso va uning jamoasiga O‘zbekiston-Yaponiya aloqalarini rivojlantirishga ko‘rsatayotgan doimiy ko‘magi uchun minnatdorlik bildiramiz", deydi O‘zbekiston TIV rahbari.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Yaponiya Tashqi ishlar vaziri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made