O‘zbekiston tarixiga oid eksponatlar Parijda ko‘rgazmaga qo‘yiladi
Jamiyat
−
20 Oktabr 2022
4219Joriy yilning 23 noyabr kuni O‘zbekistonning 16 ta muzeyidan yig‘ilgan jami 138 dona sara eksponatlar Fransiya poytaxti Parijdagi ko‘rgazmada namoyish etiladi. Ko‘rgazma O‘zbekistonning boy merosiga bag‘ishlab tashkil etiladi.
Ko‘rgazma davomida hozirgi O‘zbekistonning janubiy hududidan o‘tgan Buyuk Ipak yo‘li haqida hikoya qilinib, unda qariyb ikki ming yillik davrni qamrab oluvchi 169 ta eksponat, jumladan, O‘zbekistonning 16 ta muzeyidan 138 dona osori-atiqa, shuningdek, dunyoning yetakchi muzeylaridan 31 ta muzey ashyolari namoyish etiladi.
Ko‘rgazmada namoyish etilayotgan eksponatlar ro‘yxatida Buddaviylar ibodatxonasidagi Kushon shahzodasining boshi ham o‘rin olgan bo‘lib, u 1937 yilda Surxondaryo viloyati hududida bo‘lgan Kushon podsholigi davrida tashkil etilgan Dalvarzintepa shaharchasi yaqinida olib borilgan arxeologik qazishmalarda topilgan.
Shuningdek, Afrosiyob rasmlari ham namoyishga qo‘yiladi. Ular 1965 yilda Samarqand hukmdori Varxuman saroyidan topilgan bo‘lab, surat taxminan VI asr oxirlari VIII asr boshlariga tegishli.
Dalvarzintepadagi buddaviylar ibodatxonasidan topilgan Bodxisattva haykali esa eramizgacha bo‘lgan II-III asrga tegishli eksponat hisoblanadi.
Shu kabi tarixiy meroslar Parij muzeylarida namoyish etiladi.
LiveBarchasi