O‘zbekiston tarixda ilk bor XMTning Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylandi
Jamiyat
−
07 iyun
4716Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yevropa hududidan eng ko‘p ovoz to‘plab, tarixda ilk marotaba Kengash a’zoligiga saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning ushbu Kengash a’zoligiga saylanishi mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va g‘oyalarini xalqaro miqyosga olib chiqishi mumkin bo‘ladi.
"Endilikda mamlakatimiz ilg‘or xorijiy tajribalarni shakllantirishda faol ishtirok etish yuzasidan zarur imkoniyatlarga ega bo‘ladi", deyiladi xabarda.
O‘z o‘rnida, XMTning milliy hamkorlari – aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan tizim mas’ullari, kasaba uyushmalari xodimlari hamda ish beruvchilardan munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish borasidagi ishlarda yanada faollashish talab qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistondagi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari qo‘mitasi tarkibiga saylangandi.
LiveBarchasi