O‘zbekiston “Tank biatloni” jamoasi g‘alabaga erishdi!

Jamiyat

image

15 avgust kuni Moskva viloyatida joylashgan Alabino dala-o‘quv maydonida Xalqaro armiya o‘yinlarining “Tank biatloni” yo‘nalishi bo‘yicha II divizionning final bahslari o‘z nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari eng yaxshi natijani qayd etib, g‘alabaga erishdi. 

Kechagi bahsda jamoalarning har uchala ekipaj a’zolari katta maydonga tushib, estafeta shartini bajardi. Ushbu shart davomida ular to‘siqlardan talafotsiz o‘tish, belgilangan nishonlarni yo‘q qilish va imkon qadar qisqa vaqt ichida finish chizig‘ini bosib o‘tishi kerak edi. O‘zbekistonliklar T-72 B-3 tankini mahorat bilan boshqarib, barcha ishtirokchi jamoalar ichida eng yaxshi natijani qayd etdi. Ular jami 2 soat 7 daqiqayu 22 soniyada marraga birinchi bo‘lib yetib keldi. Bu vaqt ichida 13 ta nishon yakson qilindi.

O‘zbekiston jamoasi finalda Uganda, Kuba va Vetnam jamoalari bilan kurashdi.

“Tank biatloni” musobaqasi ikki guruhda o‘tkazilayotgan bo‘lib, O‘zbekiston jamoasi unda ikkinchi guruhdagi jamoalar bilan bahsga kirishgan. Bunda har bir guruhdan alohida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanadi.

Ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston jamoasi keyingi yilda “Tank biatloni” musobaqasining birinchi divizionida qatnashish uchun yo‘llanmani qo‘lga kirita oldi.

“Tank biatloni” musobaqasining birinchi divizioni final bahsi 17 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

39

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing