O‘zbekiston Superligasi vaqtinchalik to‘xtatildi
Sport
−
14:12 4225 1 daqiqa
Yaqinlashib kelayotgan Jahon chempionati va unga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida O‘zbekiston Superligasi katta tanaffusga chiqdi. Endilikda mavsum joriy yil 20 iyuldan davom ettiriladi.
O‘zbekiston professional futbol ligasining 2026 yilgi reglamentiga binoan Superliga mavsumi kecha, 4 may sanasida tanaffusga chiqdi. Endilikda ertaga, 6 may kunidan terma jamoa mahalliy futbolchilar ishtirokida yig‘inga kirishadi va 10, 17, 24 may kunlari Superliganing yetakchi klublariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etadi.
Shuningdek, may, iyun, iyul oylari davomida katta tanaffus yuzaga kelayotgani sabab may oyining qolgan qismida O‘zbekiston kubogi uchrashuvlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Superliganing ikkinchi qismi Jahon chempionatidan keyin – 20 iyuldan boshlanadi. Superliganing so‘nggi turi joriy yilning 3 dekabr sanasiga to‘g‘ri keladi. O‘tish o‘yinlari va O‘zbekiston kubogining yarim finalida ishtirok etmaydigan klublar shu sanadan keyin tanaffusga chiqadi. O‘tish o‘yinidan joy olgan jami to‘rt uchrashuv qisqa vaqt ichida tashkil etilishi maqsadida markazlashtirilgan holda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun, ayni damda Superliga turnir jadvalida Farg‘onaning “Neftchi” jamoasi 28 ochko bilan yetakchilikni saqlab turibdi. Keyingi o‘rinda esa 26 ochko bilan poytaxtning “Paxtakor” jamoasi borayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni 20 ochko bilan “Buxoro” egallab turibdi.
Live
Barchasi