O‘zbekiston Superligasi. So‘nggi turda nimalar ro‘y berdi?

Sport

image
0:00
0:00
download

Bugun, 27 noyabr kuni O‘zbekiston Superligasida so‘nggi – 26-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy uchrashuvi Olmaliqda bo‘lib o‘tdi. Unda OKMK jamoasi “Sug‘diyona”ni qabul qildi. So‘nggi daqiqada belgilangan penalti o‘yin taqdirini hal qildi. Jizzax klubi futbolchisi Javohir Qahramonov vaziyatdan unumli foydalanib, hisobni ochdi. G‘alaba evaziga Ulug‘bek Baqoyev shogirdlari 2-o‘ringa ko‘tarildi va Osiyo chempionlar ligasi pley-off bahsida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

OKMK 0:1 “So‘g‘diyona”

Hakamlar: Zokir Qodirov, Husniddin Shodmonov, Doniyor Saylalov, Doston Mirzaraimov

Gol: Javohir Qahramonov 90+2 penalti, - 0:1

Yana bir markaziy uchrashuv Qarshi shahrida mezbon “Nasaf” hamda “Lokomotiv” o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. “Ajdarlar” Husain Norchayevning goli evaziga 70-daqiqaga qadar hisobda oldinda bordi. 65-daqiqada Jo‘rabek Mannonovning qizil kartochka olishi jamoaga qimmatga tushdi. Shundan so‘ng, Aziz Amonovning goli va Temurxo‘ja Abduxoliqovning dubli “temiryo‘lchilar”ga g‘alaba keltirdi. “Nasaf” turnirni 4-o‘rinda yakunlaydigan bo‘ldi. “Loko” esa 7-o‘rin bilan cheklandi. 

“Nasaf” 1:3 “Lokomotiv”

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Sanjar Shoyusupov, Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Davron Akmalov

Gollar: Husayn Norchayev 7, – 1:0. Azizbek Amonov 70, – 1:1. Temurxo‘ja Abduxoliqov 76, – 1:2. Temurxo‘ja Abduxoliqov 82 penalti, – 1:3. 

“Toshkent derbisi”da esa “Bunyodkor” mavsum chempionligini qo‘lga kiritgan “Paxtakor”dan ustun keldi va kubok yarim finalidagi mag‘lubiyat uchun revansh oldi.

Bunyodkor” 3:2 “Paxtakor”

Gollar: Xurshid G‘iyosov 1, – 1:0. Sherzod Temirov 26, – 1:1. Sharof Muhitdinov 37, – 1:2. Mirjahon Mirahmadov 77, – 2:2. Mirjahon Mirahmadov 85, – 3:2.

Hakamlar: Sultonmurod Abdurahmonov, Shohnur Yo‘ldashev, Hasan Nabiyev, Doston Rahmonov

“Surxon” 1:0 “Mash’al”

Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Ruslan Samandarov, Obid Jumayev, Husan Muzaffarov

Gol: Murod Bobojonov 37, – 1:0.

“Qizilqum” 1:3 “Metallurg”

Hakamlar: Vadim Agishev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Ilya Ilin

Gollar: Zohid Abdullayev 16, – 0:1. Dilshod Rahmatullayev 36, – 0:2. Hudoyshukur Sattorov 62, – 0:3. Giorgi Kuxianidze 64, – 1:3.

“Turon” 1:0 “Andijon

Hakamlar: G‘ayrat Jo‘rayev, Rasul Fozilov, Maksim Nexochin, Ibrohim Ismoilov

Gol: Ibrohim Otaxonov 47 avtogol, – 1:0.

“Navbahor” – “Qo‘qon-1912”

Hakamlar: Abdurashid Xudoyberganov, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Farruh Yansupov

Gollar: Shohnazar Norbekov 5, – 0:1. Abbos G‘ulomov 12, – 1:1. Andrey Sidorov 54, – 1:2. Muhammadanas Hasanov 60, – 1:3. Boyan Naydenov 90+5 penalti, – 2:3.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 4 dekabr kuni O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi o‘tkaziladi va mavsum o‘z yakuniga yetadi. Samarqand shahri mezbonlik qiladigan bahsda “Paxtakor” va “Nasaf” jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Superliga Nasaf O'zPFL OKMK So'g'diyona

Baholaganlar

227

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing