O‘zbekiston sun’iy yo‘ldoshlar orqali “uchar” internetga erishmoqchi...mi?

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston aloqa sun’iy yo‘ldoshlari orqali yuqori tezlikdagi internetdan foydalanish imkoniyatini rivojlantiradi. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi (“O‘zbekkosmos”) va Buyuk Britaniyaning OneWeb kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi – O‘zbekiston bozoriga OneWeb sun’iy yo‘ldoshli aloqa kompaniyasini jalb qilish. Memorandumda O‘zbekiston Respublikasi bozoriga kirish bo‘yicha OneWeb kompaniyasining geostatsionar bo‘lmagan sun’iy yo‘ldoshli aloqa tizimi xizmatlari bilan bog‘liq bir qator tadbirlar, shu jumladan, tartibga solish masalalarini muhokama qilish va OneWeb sun’iy yo‘ldoshlaridan foydalanish uchun davlatning asosiy ehtiyojlarini aniqlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, “O‘zbekkosmos” agentligi va OneWeb kompaniyasi innovatsion past orbital sun’iy yo‘ldosh telekommunikatsiya tizimidan foydalanish masalalari bo‘yicha ekspertiza markazini tashkil etish hamda chekka hududlar va borish qiyin bo‘lgan qishloq aholi punktlarini, shuningdek, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarni OneWeb aloqa sun’iy yo‘ldoshlari orqali yuqori tezlikdagi keng polosali Internet bilan ta’minlashni amalga oshirish uchun zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

371

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing